O‘zbekiston eronlik tadbirkorlarni investitsiya loyihalariga jalb qilmoqda

Oktabr 27, 2026. 17:00 • 2 daq

• 193
O‘zbekiston eronlik tadbirkorlarni investitsiya loyihalariga jalb qilmoqda
O‘zbekiston eronlik tadbirkorlarni investitsiya loyihalariga jalb qilmoqda

SARI, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Mozandaron viloyati Savdo-sanoat, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Ali Tagipur hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida elchi Eron ishbilarmon doiralarini O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarida faolroq ishtirok etish, qo‘shma korxonalar barpo etish hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va savdo sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi.

Ali Tagipur ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Eron tomoni O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekani hamda o‘zaro aloqalarni izchil rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Mozandaron viloyati ishbilarmon doiralari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, O‘zbekistonning investitsiyaviy va eksport salohiyatini targ‘ib qilish, shuningdek, eronlik tadbirkorlarni mamlakatimizdagi istiqbolli loyihalarga jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish