Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish masalasi muhokama qilindi
Sentabr 23, 2026. 18:30 • 2 daq
• 140ATIRAU, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi bosh konsuli Jamoliddinxo‘ja Abdukarimov Qozog‘istonning Atirayu viloyati Atirau viloyati hokimi Bolat Akchulakov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, 2025-yilda Atirau viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 90,8 million dollarni tashkil etgan. Ayni paytda viloyatda O‘zbekiston kapitali ishtirokida 296 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, tovar turlarini kengaytirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. O‘zbekiston va Atirau o‘rtasida aviatsiya hamda avtomobil qatnovlarini kengaytirish, yuk tashish va transport-logistika imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Atirau viloyati “Atameken” tadbirkorlar mintaqaviy palatasi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekiston tadbirkorlariga huquqiy va konsultativ ko‘mak ko‘rsatish, o‘zbek eksport mahsulotlari hajmini oshirish hamda Atirau viloyatida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Atirau viloyatida joriy yil oktabr oyida O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tomonlar tadbirda O‘zbekiston biznes vakillarining ishtirokini ta’minlash va forumga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

