Logo

Guanchjouda xitoyliklar bilan savdo va investitsiya bo‘yicha kelishuvga erishildi

Dekabr 02, 2025. 18:48 • 52 soniya

66
Guanchjouda xitoyliklar bilan savdo va investitsiya bo‘yicha kelishuvga erishildi
Guanchjouda xitoyliklar bilan savdo va investitsiya bo‘yicha kelishuvga erishildi

 GUANCHJOU, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Guanchjouda bo‘lib o‘tgan Biznes va sanoat tajribasi almashinuvi xalqaro forumida Bosh konsulxona diplomatlari ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

GUANCHJOU shahar xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xitoyning 300 dan ortiq yetakchi kompaniyasi, tarmoq birlashmalari, xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi.

Forumda diplomatlarimiz “O‘Zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm imkoniyatlari” mavzusida taqdimot namoyish qildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy investorlar uchun kafolatlar, imtiyoz va preferensiyalar tizimi haqida maʼlumot berildi.

Investitsiyalar uchun asosiy afzalliklar va ustuvor tarmoqlar – agrosanoat majmuasi, to‘qimachilik sanoati, elektrotexnika, elektronika va axborot texnologiyalari tarmoqlari, yashil energetika va turizm yo‘nalishi bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Sharqiy Osiyoni Yaqin Sharq va yevropa bozorlari bilan bog‘laydigan eng qisqa quruqlik yo‘li bo‘ladigan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘Zbekiston” temir yo‘lining qurilishi muhim ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlandi.

Forum yakunida GUANCHJOU shahar xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati bilan biznes missiyalarini tashkil etish, savdo va investitsiya kelishuvlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish