AQShning Vashington shtatida 1-sentabr O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi

Sentabr 05, 2026. 14:00 • 2 daq

8
AQShning Vashington shtatida 1-sentabr O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi

SIETL, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. Vashington shtati gubernatori Bob Fergyuson mamlakat mustaqilligining 32 yilligi sharafiga 1-sentabrni shtat miqyosida rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb eʼlon qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Rasmiy bayonotda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, uning madaniy merosi hamda tinchlik, farovonlik va milliy taraqqiyotga intilishi qayd etilgan.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo, sarmoya, texnologiya, taʼlim, toza energetika, turizm va gumanitar almashinuvlar sohalaridagi hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlangan.

Sietl shahrida O‘zbekistonning AQShdagi birinchi Bosh konsulxonasi ochilgani alohida qayd etilib, u O‘zbekiston va Vashington shtati o‘rtasidagi yangi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida eʼtirof etilgan. Proklamatsiyada shtatdagi o‘zbek-amerika hamjamiyatining madaniy va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi ham yuqori baholangan.

Avvalroq Oregon shtati, Sietl, SiTak va Vashington shaharlari 1-sentabrni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilgan edi. Gubernatorning ushbu qarori O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganining yana bir dalili bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish