Vladivostokda O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiyaning Uzoq Sharqiga eksport qilish masalasi muhokama qilindi
Iyul 17, 2026. 09:30 • 2 daq
• 204
VLADIVOSTOK, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Hojiakbar Vahobov “Dialogi” xalqaro biznes klubi prezidenti Inessa Babich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, “Dialogi” xalqaro biznes klubi faoliyati va imkoniyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning Rossiyaning Uzoq Sharq hududlariga eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Hududlar o‘rtasida logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda Vladivostok shahrida biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha ham fikr almashildi.
Suhbat davomida Inessa Babich Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi. U klub aʼzolari uchun O‘zbekiston bo‘ylab biznes-tur tashkil etish yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamda hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi