Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi
Iyul 16, 2026. 15:00 • 2 daq
• 192
GUANCHJOU, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan “China International Building Decoration Fair” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taqdimot O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etildi va unda Xitoyning 100 dan ortiq kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sish surʼatlari, sanoatning ustuvor tarmoqlari, hududlarning investitsiya salohiyati, erkin iqtisodiy zonalarning afzalliklari hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ko‘rgazma doirasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yetakchi xitoylik kompaniyalar hamda “China Construction Expo” va “Foshan Smart Home Industry” uyushmalari vakillari bilan B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hududlararo iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etib, ishbilarmonlik aloqalarini yana-da kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi. Shuningdek, tarmoq uyushmalari o‘rtasida o‘zaro biznes-missiyalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi