Gyokxan Genjturk: O‘zbekistonga juda ishonamiz, shu bois ikkilanmasdan sarmoya kirityapmiz

Iyun 21, 2026. 16:00 • 2 daq

127
Gyokxan Genjturk: O‘zbekistonga juda ishonamiz, shu bois ikkilanmasdan sarmoya kirityapmiz

TOSHKЕNT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgan Turkiyaning “Bulutistan” kompaniyasi bosh menejeri Gyokxan Genjturk “Dunyo” AA muxbiriga forum haqida o‘z fikrlarini bayon etdi:

– Biz bu yerga, avvalo, yangiliklarni kuzatish uchun keldik. “Bulutistan” kompaniyamiz “Sabancı Holding”ning sho‘ba korxonalaridan biri bo‘lib, texnologiya sohasida faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonga juda ishonamiz. So‘nggi paytlarda mamlakat har sohada taraqqiy etmoqda va biz bu jarayonning bir qismi bo‘lishni istaymiz. Ilgari ham bu yerga sarmoya kiritganmiz. Endi esa ularni yanada ko‘paytirish va kengaytirishni, qaysi yo‘nalish va sohalarga sarmoya kiritish mumkinligini aniqlashni rejalashtirmoqdamiz. Forumda ham aynan shu masalalarni o‘rganish maqsadida ishtirok etdik.

Kompaniyamiz vakillari ko‘proq texnologiya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatingizda bu sohada juda katta imkoniyatlar mavjud. Dunyoda bulutli texnologiyalar tobora rivojlanib bormoqda va biz O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda o‘sish kuzatilayotganini ko‘rdik.

Ushbu forum doirasida biz mahalliy universitetlar bilan bulutli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha memorandum imzoladik. Nasib qilsa, biz O‘zbekiston oliy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, uni kengaytirish va raqamlashtirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Kuzatishlarimga ko‘ra, bu yerda barcha sohalar yetarlicha rivojlangan, kompaniyalar sarmoya kiritishi uchun ajoyib muhit mavjud. Shu bois, investorlarga hech ikkilanmasdan O‘zbekistonga kelishni tavsiya qilaman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish