Jordi Greyg: O‘zbekiston Prezidentining forumdagi nutqi mamlakatga ishonchli hamkor sifatida xalqaro ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi
Iyun 19, 2026. 17:30 • 2 daq
• 140
TOSHKЕNT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashgan Britaniyaning “The Independent” nashri bosh muharriri Jordi Greyg “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.
– Biz uchun forumda hozir bo‘lish katta ahamiyatga ega. Chunki bu turli mamlakatlar iqtisodiyotining holati va istiqbollari haqida keng qamrovli fikrlarni tinglash imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston yangi iqtisodiy dinamika shakllanayotgan o‘sish va transformatsiya makoni sifatida qabul qilinmoqda.
Mintaqa mamlakatlari vakillarining pozitsiyalari va chiqishlari, O‘zbekiston rahbariyatining barqaror o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish hamda xalqaro hamjamiyat bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan intilishlari alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Nashrimiz Buyuk Britaniyadagi eng yirik raqamli axborot brendi, Qo‘shma Shtatlarda esa kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yili turli platformalardagi umumiy auditoriya qamrovi qariyb 13 milliard ko‘rishni tashkil qildi. Shu bois, biz turizm va rivojlanish salohiyati yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari turli yo‘nalishlarda O‘zbekistonning hamkoriga aylanishga umid qilamiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi