Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmi dunyoning eng nufuzli telekanallarida namoyish etilmoqda
Mart 21, 2026. 11:58 • 2 daq
• 214
LONDON, 21 mart. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning mashhur tarixchi va teleboshlovchisi Bettani Xyuz muallifligida tayyorlangan “O‘zbekiston xazinalari” nomli hujjatli filmi Avstraliyaning “SBS” telekanalida namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Avvalroq, mazkur film namoyishi Britaniyaning “Channel 4” telekanali efirida hamda boshqa eng nufuzli OAV va onlayn platformalarda taqdim etilgan edi.
Ushbu hujjatli kartina orqali tomoshabinlar O‘zbekistonning boy madaniy merosi, qadimiy tarixi va noyob sivilizatsiyasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, loyihaning keng namoyishi yurtimizning turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib etishga xizmat qiladi.
1978 yilda tashkil etilgan “SBS” telekanalining auditoriyasi qariyb 15 million tomoshabin. Televideniye shtab-kvartirasi Sidney shahrida joylashgan.
Bettani Xyuz “SandStone Global” tashkilotining ijodiy direktori sifatida ham faoliyat yuritadi. Uning filmlari orasida “Istanbul: uch shahar haqida ertak”, “Venera va Afrodita” kabi ijodiy asarlar bor.
Mazkur hujjatli film namoyishi O‘zbekiston madaniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va mamlakat turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi