O‘zbekiston va Turkmaniston avtomobil yo‘llari qurilishi va tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Mart 15, 2026. 09:10 • 2 daq
• 172
ASHXOBOD, 15-mart. /“Dunyo” AA/. Ashxobod shahrida O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston avtomobil yo‘llari vaziri Xangeldi Kerimov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida avtomobil yo‘llari qurilishi va transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbatda avtomobilsozlik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yo‘l xo‘jaligini raqamlashtirish, ko‘priklar va transport yechimlarini loyihalash hamda boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda tajriba almashish muhimligini taʼkidlandi.
Shu maqsadda tomonlar amaliy hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro tashriflar o‘tkazish, mutaxassislar darajasida ishchi uchrashuvlar tashkil etish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda hayotga tadbiq etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar yakunida, “Ashxobod - Turkmanobod” yuqori tezlikdagi avtomobil yo‘lining qurilishi va ishga tushirilishi ikki davlat o‘rtasida savdo va yuk tashishlar hajmini oshirishga hamda xalqaro transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi