Logo

O‘zbekiston–Belarus: hududlararo hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Mart 21, 2026. 13:46 • 2 daq

48
O‘zbekiston–Belarus: hududlararo hamkorlik aloqalari kengaymoqda

MINSK, 21 mart. /“Dunyo” AA/. Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat delegatsiya tashrif doirasida Belarusdagi savdo tarmoqlari va yirik ishlab chiqaruvchilar bilan B2B hamda B2G formatida muzokaralar o‘tkazdi.

Tadbirda Belarusning “Shopriteyl”, “EkoBatata” kompaniyalari, shuningdek, “Dobronom”, “Xit” va “Svetofor” kabi yirik savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi. Belaruslik hamkorlarga Qashqadaryo viloyatining eksport imkoniyatlari namoyish etildi, vohaning sarxil va quritilgan meva-sabzavotlari, to‘qimachilik mahsulotlarini Belarus bozoriga yetkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida “Shopriteyl” va “EkoBatata” kompaniyalari O‘zbekistonga go‘sht-sut mahsulotlari, shakar va kartoshka yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Tadbir yakunida ikki tomonlama mahsulot ayirboshlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Qashqadaryo delegatsiyasi Grodno va Vitebsk viloyatlarida ham bo‘lib, mahalliy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq yo‘nalishlarni belgilab oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish