Olmaotada O‘zbekistonning milliy madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi

Sentabr 22, 2026. 11:00 • 56 soniya

113
Olmaotada O‘zbekistonning milliy madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi
Olmaotada O‘zbekistonning milliy madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi
Olmaotada O‘zbekistonning milliy madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi

OLMAOTA, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Olmaota shahar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, yurtimizning milliy madaniyati, an’analari va turistik salohiyatini namoyish etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Madaniy dastur doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston milliy maydonchasida shahar aholisi va mehmonlari xalqimizning tarixi, urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandchilik buyumlari amaliy san’at namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekistonning turistik jozibadorligini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tashrif buyuruvchilarga mamlakatning boy ommabop turistik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilib, 2 mingdan ortiq axborot va taqdimot materiallari tarqatildi.

Milliy maydonchaga Olmaota shahri hokimi o‘rinbosari Abzal Nukenov, Olmali tumani hokimi Arman Shamshin, shahar maslihati deputatlari, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, shahar aholisi va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish