Yurmalada “Palov festivali” tashkil etildi

Sentabr 05, 2026. 16:30 • 53 soniya

70
Yurmalada “Palov festivali” tashkil etildi

YURMALA, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi tomonidan anʼanaviy “Kauguri” bayrami doirasida “Palov festivali” tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kauguri” festivali anʼanalar, sanʼat va milliy taomlarni ommalashtirishga qaratilgan yirik madaniy tadbir hisoblanadi. Dastur doirasida musiqiy va badiiy chiqishlar o‘tkazilib, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda madaniy muloqot uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Diplomatik vakolatxonamizning ushbu tashabbusi tashrif buyuruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan yuqori baholandi. Ular o‘zbek palovining betakror taʼmi, tayyorlanishning o‘ziga xos usullari hamda uning milliy anʼanalar bilan uyg‘unligini alohida eʼtirof etdilar.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga O‘zbekistonning boy madaniy merosi, urf-odatlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarining meʼmoriy obidalari va turistik salohiyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish