“Republika”: Serbiya va O‘zbekiston mehnat migratsiyasining yangi modelini shakllantirmoqda
Sentabr 05, 2026. 15:00 • 2 daq
• 98
BELGRAD, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. Serbiyaning “Republika” nashrida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan strategik sheriklikka bag‘ishlangan tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga to‘g‘ri kelgan O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakatning yaqinlashuvi uchun asosiy turtki bo‘ldi.
Maqolada IT, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi texnologik kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Nashr Belgradning Yevropa biznes aloqalari hamda Toshkent IT-sektorining rivojlanayotgan kadrlar va infratuzilma salohiyatini birlashtiruvchi “Serbiyada front office — O‘zbekistonda back office” istiqbolli hamkorlik modelini tavsiflaydi. Bu esa o‘zbek raqamli xizmatlari eksportining ortib borayotgani bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Bundan tashqari, materialda tartibga solinadigan mehnat migratsiyasi va inson kapitalini rivojlantirishning yangi tizimi yaratilishi masalasi alohida yoritilgan.
Maqolada shuningdek, Serbiya kompaniyalari tomonidan mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlab olish, ularni O‘zbekistonda til va kasbiy tayyorlash hamda elektron vizalarning joriy etilishi haqida ham maʼlumot berilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi