O‘zbekistondan Quvaytga gilam eksporti yanada oshiriladi

Sentabr 05, 2026. 16:00 • 2 daq

64
O‘zbekistondan Quvaytga gilam eksporti yanada oshiriladi

AL-KUVAYT, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Quvaytning “Montreal House Wholesale Co.” kompaniyasi rahbariyati bilan eksport-import masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat jarayonida O‘zbekistondan Quvayt bozoriga sanoat mahsulotlari eksportini ko‘paytirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Avvalroq tuzilgan kelishuv doirasida birinchi bosqichda Quvaytga yurtimizda ishlab chiqarilgan 40 ming dollarlik gilam mahsulotlari yetkazib berildi. Ularni sotish va ilgari surish ishlari mahalliy savdo tarmoqlarida yo‘lga qo‘yilgan. Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli mahsulotlarni yetkazib berish ikki oy vaqtni oldi.

Uchrashuv chog‘ida tadbirkorlar kompaniyaning ombor va savdo obyektlarida o‘zbek gilamlarining joylashtirilishi, namoyishi va sotilishi bilan tanishdi.

Tomonlar beshta konteynerdagi gilam mahsulotlarini o‘z ichiga olgan 250 ming dollarlik navbatdagi partiyani eksport qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Quvayt kompaniyasi vakillari yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish