“AJP”: Xalqaro birodar shaharlar forumida muhim memorandum va kelishuvlar imzolandi

Iyul 29, 2026. 16:30 • 2 daq

191
“AJP”: Xalqaro birodar shaharlar forumida muhim memorandum va kelishuvlar imzolandi

SEUL, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “AJP” nashrida Samarqandda o‘tkazilgan Xalqaro birodar shaharlar forumiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada taʼkidlanishicha, Samarqand shahri O‘zbekistonning xalqaro tadbirlar taqvimida yana bir muhim anjumanga mezbonlik qildi. 24–25-iyul kunlari qadimiy Ipak yo‘li markazida Xalqaro birodar shaharlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Samarqandni O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga ochiq qiyofasi sifatida namoyon etishga qaratilgan izchil siyosatning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Forum doirasida “Birodar shaharlar: barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda 20 ga yaqin davlatdan ekspertlar, diplomatlar va olimlar ishtirok etdi.

Ushbu yirik tadbirning aynan Samarqandda o‘tkazish tasodifiy emas. 2022-yil sentyabr oyida SHHT sammiti o‘tkazilganidan so‘ng Samarqand xalqaro tadbirlar uchun asosiy maydon sifatida shakllanmoqda.

Shu bilan birga, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasiga mezbonlik qildi. Xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish maqsadida barpo etilgan “Silk Road Samarkand” kongress markazi, mehmonxonalar majmuasi hamda xalqaro aeroport terminalida xorijiy delegatsiyalar uchun qulayliklar yana-da oshirildi.

Nashr yozilishicha, Xalqaro birodar shaharlar forumi ham yuksak saviyada tashkil etilgan. Forumda birodar shaharlar o‘rtasidagi aloqalar orqali savdo, investitsiya va turizm sohalarida milliy diplomatiyani to‘ldiruvchi yangi imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Ikki kunlik forum dasturi doirasida panel muhokamalari, davra suhbatlari, birodar shaharlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va kelishuvlarni imzolash marosimlari o‘tkazilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish