“AJP”: O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning o‘rni tobora kengaymoqda

Avgust 09, 2026. 12:30 • 2 daq

122
“AJP”: O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning o‘rni tobora kengaymoqda

SEUL, 9-avgust. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “AJP” gazetasida O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda xususiy sektorni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim vositaga aylangani qayd etilgan.

Taʼkidlanganidek, mazkur mexanizm doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar nafaqat tadbirkorlarning mavjud muammolarini hal etishga, balki iqtisodiyotda tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham qaratilgan.

Nashrda moliya-kredit sohasidagi islohotlarga alohida eʼtibor qaratilib, biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi institutlarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga, xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati kengaytirilayotgani maʼlum qilingan.

Shuningdek, materialda O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashuvi yoritilgan. Asosiy yo‘nalishlar qatorida Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, eksport salohiyatini rivojlantirish va logistika tizimini takomillashtirish alohida taʼkidlangan.

“AJP” O‘zbekistonda IT sohasi, sunʼiy intellekt, startaplar va xizmatlar sohasining rivojlanishiga ham eʼtibor qaratgan. Bu borada innovatsion loyihalar, turizm va mehmonxona biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tadbirkorlik faolligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish