Oltoy kompaniyasi O‘zbekistonda fitoterapevtik mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Avgust 09, 2026. 11:30 • 2 daq

35
Oltoy kompaniyasi O‘zbekistonda fitoterapevtik mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

BARNAUL, 9-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Aslam Akbarov Oltoy o‘lkasidagi yetakchi kompaniyalardan biri — “Alfit” rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda kompaniyaning zamonaviy fitoterapevtik mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga olib kirish va ularning savdosini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatimiz hududida ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “Alfit plyus” kompaniyasi vakillarini joriy yil sentyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilayotgan Oltoy o‘lkasi biznes-missiyasi tarkibiga kiritish taklif etildi.

Muzokaralar yakunida “Alfit” kompaniyasining yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochishi, keyinchalik O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hamkorlikning keyingi bosqichida ishlab chiqarishni “Chirchiq” erkin iqtisodiy zonasi hududida mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.

“Alfit” kompaniyasi 350 dan ortiq turdagi fitomahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning mahsulotlari qatoriga kapsula shaklidagi fitoyig‘malar, o‘simlik ekstraktlari, maxsus kosmetika vositalari hamda shakar qo‘shilmagan qandolat mahsulotlari kiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish