“Bankier.pl”: O‘zbekiston keng ko‘lamli qurilishlarni boshlab yubordi
Noyabr 04, 2026. 20:00 • 2 daq
• 97
VARSHAVA, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. Polshaning nufuzli “Bankier.pl” portalida “O‘zbekiston keng ko‘lamli qurilishlarni boshlab yubordi. Million aholiga mo‘ljallangan yangi shahar” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatida Yangi Qarshi shahrini barpo etish tashabbusi haqida batafsil so‘z yuritilgan. Shahar dastlabki bosqichda 500 ming, kelajakda esa million nafar aholiga mo‘ljallangan. Loyiha uchun asosan foydalanilmaydigan yerlar va yaylovlardan iborat 5,2 ming gektar hudud ajratilgan.
Nashrning qayd etishicha, yangi shaharga viloyat hokimiyati organlarini ko‘chirish, shuningdek, kongress-xoll, konsert zallari, mehmonxonalar, akvapark, sun’iy ko‘l va xalq hunarmandchiligi markazini o‘z ichiga olgan turistik majmua qurish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirishga xorijiy arxitektura kompaniyalarini jalb etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, maqolada 2023-yilda boshlab yuborilgan Yangi Toshkent qurilishi haqida ham so‘z boradi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda allaqachon 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilgan.
Turar joylar, universitet kampuslari, kutubxona, amfiteatr, bog‘ va maktab barpo etilgan. Kelajakda mazkur yangi shahar aholisi 2 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Maqola so‘nggida muallifO‘zbekiston haqidagi ma’lumotnomalarni ham keltirib o‘tgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi