Logo

“Daily News Hungary”: O‘zbekiston diplomatlariga eksport va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi

Yanvar 26, 2026. 19:00 • 42 soniya

140
“Daily News Hungary”: O‘zbekiston diplomatlariga eksport va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalar yuklandi

BUDAPESHT, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri “Daily News Hungary” nashriga tayanib.

Nashrda qayd etilishicha, asosiy eʼtibor tashqi siyosiy ishlar natijadorligini oshirish va iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga qaratilgan.

“Ustuvor yo‘nalishlar qatorida investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, eksport bozorlarini kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va qonuniy mehnat migratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish qayd etilgan”, deya yozilgan maqolada.

O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi huquqlarini yanada faol himoya qilish, diplomatik vakolatxonalar faoliyatida rasmiyatchilikdan voz kechish zarurligi taʼkidlandi.

“Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imijini ilgari surish, tashqi siyosiy konsepsiyani yangilash va amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan diplomatik korpusni shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi” deyiladi manbada.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish