“El Mundo Financiero”: O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning roli oshib bormoqda

Iyun 20, 2026. 11:03 • 2 daq

85
“El Mundo Financiero”: O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning roli oshib bormoqda

MADRID, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga doir islohotlar davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ispaniyaning “El Mundo Financiero” nashriga tayanib.

Maqolada ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashga qaratilgan 100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ta’limi, bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

“Bugungi kunda ayollar rahbarlik lavozimlarining 35 foizini, tadbirkorlarning 45 foizini va oliy ta’lim muassasalari talabalarining 53 foizini tashkil etadi”, – deya ma’lum qilgan nashr.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish hamda huquq va imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish