Logo

“Global Korea Post” gazetasi: O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi o‘ttiz yilligini nishonlamoqda

Dekabr 02, 2025. 17:51 • 49 soniya

111
“Global Korea Post” gazetasi: O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi o‘ttiz yilligini nishonlamoqda

SEUL, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning ommabop “Global Korea Post” gazetasida “Yangilangan qomusimiz – huquqiy jamiyat poydevori” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, joriy yilda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi o‘zining o‘ttiz yilligini nishonlamoqda. 1990 yilda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy nazorat to‘g‘risidagi birinchi qonun qabul qilingan va Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzilgan.

Maqolada Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tomonidan Konstitutsiyaviy sudga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 86-moddasiga sharh berish masalasi kiritilganiga alohida eʼtibor qaratilgan. Unda Konstitutsiyaviy sud, ishni sudda ko‘rib chiqish tugagan kun deganda, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha oxirgi sud hujjati qabul qilingan kunni tushunish kerakligini tushuntirib berilgan.

Bundan tashqari, taʼkidlanishicha, Konstitutsiyaviy sud huquqiy maqomining yana bir muhim jihati – uning vakolatlari doirasi kengaytirilganidir. Birinchi navbatda, sud O‘zbekiston Respublikasida referendumga qo‘yilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish huquqiga ega bo‘ldi. Bu huquq 2023 yilgi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llanildi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish