Primorsk o‘lkasida vatandoshlar bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Dekabr 14, 2025. 12:52 • 46 soniya
• 135VLADIVOSTOK, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Primorsk o‘lkasida vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda, Primorsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi vakillari, o‘lkada mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan vatandoshlar, talabalar hamda mahalliy yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati, uning mamlakatimiz ravnaqi, har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim hujjat ekanini alohida taʼkidladi.
Mamlakatimiz Bosh konsuli ushbu qutlug‘ sana bilan hamyurtlarni tabriklab, mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimiz irodasi, millat g‘ururi, erki va ozodligini, ijtimoiy ong va madaniyatini o‘zida aks ettirgan asosiy qonun ekanini eʼtirof etdi. Bugungi kunda Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan tamoyillar asosida aholining turmush darajasi yanada farovonlashayotgani qayd etdi.
Tadbir doirasida Bosh konsulxona tomonidan faol vatandoshlar o‘rtasida viktorina tashkil etilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Trnavada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Belarusda o‘zbek davlat ramzlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi



