Trnavada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Dekabr 09, 2025. 17:32 • 51 soniya
• 77TRNAVA, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Slovakiyaning Trnava shahrida vatandoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda “Stellantis Slovakia” mashinasozlik kompaniyasi rahbariyati, ushbu kompaniyada muhandislik, yuk tashish va payvandlash sohasida mehnat qilayotgan 100 dan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbirda elchixona xodimlari ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati, uning har bir moddalari fuqarolarimiz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida shakllangantirilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Asosiy qonun mamlakatimizning demokratik tamoyillar asosida barqaror rivojlanishida va ochiq, o‘zaro manfaatli tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida fuqarolarimiz bilan konsullik-huquqiy maslahatlashuv o‘tkazildi. Unda diplomatlar yurtdoshlarimizning barcha huquqiy savollariga javob berib, mehnat faoliyati davomida xorijda bo‘lish qoidalariga rioya qilish lozimligi taʼkidlandi.
Kompaniya hududida hamyurtlarimiz tomonidan milliy taomlar tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq qilindi.
Tadbir yakunida kelgusi yilning yanvar oyida Slovakiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ular istiqomat qilayotgan yotoqxonalarda sayyor konsullik qabulini o‘tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Primorsk o‘lkasida vatandoshlar bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Belarusda o‘zbek davlat ramzlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

