O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Dekabr 10, 2025. 19:06 • 56 soniya
• 102
DEHLI, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasida muhim sana – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilari Asosiy qonunning mustaqil O‘zbekiston shakllanish jarayonida tutgan yuksak va tarixiy rolini taʼkidladi. Konstitutsiya jamiyatni har tomonlama demokratlashtirish va davlatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash uchun mustahkam huquqiy asos ekani qayd etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal yangilanish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarga jahon hamjamiyati, jumladan, Hindiston ham katta qiziqish bildirayotgani urg‘ulandi.
Tadbirda inson shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu kunlarda YUNESKO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish hukumatlararo qo‘mitasining Dehlida bo‘lib o‘tayotgan yigirmanchi sessiyasida qatnashayotgan mamlakatimiz delegatsiyasi tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.
Delegatsiyaning tadbirdagi ishtiroki mamlakatimiz siyosiy-huquqiy taraqqiyoti va uning madaniy anʼanalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yaqqol namoyish etdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning boy madaniy-gumanitar merosini saqlash muhimligi yuzasidan fikr almashdi, uning ko‘plab elementlari YUNESKOning turli ro‘yxatlariga kiritilganini qayd etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Primorsk o‘lkasida vatandoshlar bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Trnavada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Malayziyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
Belarusda o‘zbek davlat ramzlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi