“Heritage Daily”: Payariq va Qo‘rg‘ontepadagi topilmalar O‘zbekistonning boy merosini tasdiqlaydi

Sentabr 17, 2026. 09:00 • 2 daq

190
“Heritage Daily”: Payariq va Qo‘rg‘ontepadagi topilmalar O‘zbekistonning boy merosini tasdiqlaydi
“Heritage Daily”: Payariq va Qo‘rg‘ontepadagi topilmalar O‘zbekistonning boy merosini tasdiqlaydi

LONDON, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning ommabop “Heritage Daily” ilmiy onlayn-nashrida Samarqand viloyatida topilgan noyob arxeologik topilmalarga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bronza bezaklar O‘zbekistonda topilgan qadimiy qabr sirini ochishga yordam beradi” sarlavhali maqolada Samarqand viloyatining Payariq tumanida tasodifan aniqlangan qadimiy qabr haqida so‘z yuritiladi.

Yer ishlari davomida mahalliy aholi vakili tomonidan odam suyaklari, uchi konussimon va spiralsimon naqshli bronza bilakuzuklar hamda mayda munchoqlar topilgan. Mutaxassislarning dastlabki baholashiga ko‘ra, ushbu artefaktlar Zarafshon vodiysida avval topilgan so‘nggi bronza davriga (miloddan avvalgi XIII–X asrlar) oid materiallarga mos keladi.

“Qo‘rg‘ontepadagi ibodatxona xarobalari orasidan ganch haykalning bosh qismi topildi” nomli maqolada esa Samarqandning Urgut tumanidagi ilk o‘rta asrlarga oid Qo‘rg‘ontepa majmuasida olib borilgan qazishma ishlari haqida hikoya qilinadi. Arxeologlar ibodatxona xarobalari orasidan ganchdan yasalgan haykal boshini topdilar. Uning ikonografiyasi avval to‘rt qo‘lli maʼbud tasvirlangan devoriy rasmlar topilgan So‘g‘d sanʼati va diniy anʼanalarini o‘rganishda alohida qiymatga ega.

Nashr xulosa qilishicha, bronza davridan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan yodgorliklarning muntazam topilishi O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi naqadar boy salohiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish