“OIC States Broadcasting Union”: Toshkentda ochilgan Zamonaviy sanʼat markazi xalqaro madaniy hamkorlik uchun yangi platformaga aylanadi
Sentabr 16, 2026. 09:30 • 2 daq
• 179
AR-RIYOZ, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Islom hamkorlik tashkilotining “OIC States Broadcasting Union” portalida “Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazi ochildi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada O‘zbekiston poytaxtida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida yozilgan.
Markaz tarkibiga ko‘rgazma zallari, kutubxona, restoran, uchrashuv va majlislar zallari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar uchun maxsus maydonlarni o‘z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan obyektlar kirdi.
Zamonaviy sanʼat markazi badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazish, taʼlim va tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, xalqaro-madaniy hamkorlik sohasidagi tadbirlar hamda boshqa madaniy loyihalarni tashkil etish uchun yangi platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu markaz O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining muhim loyihalaridan biri bo‘lib, mamlakatda badiiy va madaniy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro madaniy hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi