“Avesta” AA: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda

Avgust 03, 2026. 16:00 • 2 daq

135
“Avesta” AA: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda

DUSHANBE, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi madaniy-gumanitar muloqotning jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda taʼkidlanganidek, O‘zbekistonning madaniy diplomatiya sohasidagi faol siyosati ushbu yo‘nalishni mamlakat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biriga aylantirdi. So‘nggi yillarda AQSH bilan ikki tomonlama hamkorlik turli xalqaro festivallar va konsertlar, ilm-fan, taʼlim, madaniy meros kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda.

Maqolada o‘zaro sheriklik munosabatlariga bir qator misollar keltirilgan. Xususan, konservatoriyalar o‘rtasida akademik almashinuvlar amalga oshirildi, Xivadagi Toshhovli saroyini restavratsiya qilish uchun AQSH tomonidan 150 ming dollarlik grant ajratildi, amerikalik ijodkorlar “Sharq taronalari”, “Lazgi” festivallari, maqom va baxshichilik forumlarida muntazam ishtirok etmoqda.

Joriy yilda Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH madaniyat vazirlarining uchrashuvi o‘zaro munosabatlar rivojida muhim voqea bo‘ldi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “C5+1” formati doirasida madaniyat vazirlari kengashining madaniy merosni saqlash bo‘yicha qo‘shma bayonoti imzolandi.

“Madaniyat xalqaro munosabatlarning eng mustahkam poydevorlaridan biriga aylandi. Madaniy muloqotga kiritilgan investitsiyalar O‘zbekiston va AQSH xalqlari o‘rtasida abadiy do‘stlik ko‘prigini shakllantiradigan kelajakka kiritilgan sarmoyadir”, – deb xulosa qiladi “Avesta”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish