“Interfaks”: O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Avgust 27, 2026. 18:00 • 2 daq

86
“Interfaks”: O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

MOSKVA, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuviga bag‘ishlangan material eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Saida Mirziyoyevaning O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani haqidagi fikrlari keltirilgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdan tortib, madaniy aloqalarga qadar qator ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining Pekin shahridagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrifi haqida ham maʼlumot berilgan. U muzey ekspozitsiyasining ko‘lami va Xitoy tarixiy merosining asrab-avaylab saqlanayotganini yuqori baholagan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyevaning Xitoy Xalq vakillari umumxitoy yig‘ini Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi bilan avvalgi uchrashuviga ham to‘xtalib, unda ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish masalalari muhokama qilinganini qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish