Qozog‘istonda Qurultoyning 145 nafar deputati ro‘yxatga olindi
Avgust 27, 2026. 17:30 • 2 daq
• 25
OSTONA, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi birinchi chaqiriq Qurultoyga saylangan 145 nafar deputatni ro‘yxatga oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Interfaks-Qozog‘iston” axborot agentligiga tayanib.
Yangi oliy vakillik organi tarkibidan beshta siyosiy partiya vakillari o‘rin oldi: “Adilet” – 110 nafar, USDP – 8 nafar, “Ovul” – 10 nafar, “Aq jol” – 8 nafar va “Respublica” – 9 nafar deputat.
MSK raisi Nurlan Abdirov deputatlik mandati xalqning ishonchi va tanlovi natijasi ekani, Qurultoy deputati maqomi esa har bir kishining zimmasiga mamlakat va jamiyat oldida ulkan masʼuliyat yuklashini taʼkidladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgach, deputatlarga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi. Prezident farmoniga muvofiq, birinchi chaqiriq Qurultoyning ilk sessiyasi 28 avgust kuniga belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Qurultoyga umumxalq saylovlari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan edi. Ovoz berishda 9,35 milliondan ortiq kishi, yaʼni saylovchilarning 74,08 foizi qatnashdi. “Adilet” partiyasi 71,17 foiz ovoz to‘pladi.
Qurultoy 2026-yil 15-martdagi referendumda qabul qilingan va 1-iyuldan kuchga kirgan Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan. Besh yillik vakolat muddatiga ega 145 deputatdan iborat bir palatali parlamentga o‘tish asosiy o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi