Italiya matbuoti: UzNIF London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi

May 25, 2026. 09:55 • 2 daq

119
Italiya matbuoti: UzNIF London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi
Italiya matbuoti: UzNIF London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi
Italiya matbuoti: UzNIF London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi

RIM, 25-may. /“Dunyo” AA/. Italiyaning “Milano Finanza”, “Agenzia Nova” va “Euroborsa” nashrlari O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining (UzNIF) London fond birjasidagi debyuti haqida materiallar eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolalarda taʼkidlanishicha, UzNIF aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida joylashtirilishi mamlakat tarixidagi eng yirik bitim hamda ilk holati bo‘ldi.

Joylashtirish narxi “GDR” uchun 25 dollarni va aksiya uchun esa 4,65 so‘mni tashkil etdi. Jalb qilingan mablag‘larning umumiy hajmi qariyb 603,6 million dollarga yetdi.

Tashkilotchilarning maʼlumotiga ko‘ra, joylashtiruvga bo‘lgan talab taklifdan ancha yuqori bo‘lib, 2,8 milliard dollardan oshgan, arizalar kitobi esa to‘rt martadan ko‘proq qayta imzolangan.

Kelishuv ishtirokchilari orasidan “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar o‘rin olgan.

UzNIF aksiyalari savdosi 18-may kuni boshlandi. Birinchi kunning o‘zidayoq London birjasida depozit tilxatlari 10 foizga – 25 dollardan 27,5 dollargacha ko‘tarildi. Keyinchalik qimmatli qog‘ozlar narxi 28,9 dollarga yetdi.

Jamg‘arma O‘zbekistondagi energetika, transport, telekommunikatsiya, kommunal va bank sohalarida faoliyat yurituvchi 13 ta yirik davlat kompaniyasidagi ulushlarni birlashtirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish