“Izvestiya”: AQSH Markaziy Osiyodagi ishtirokini O‘zbekiston orqali kengaytirmoqchi

Iyul 04, 2026. 15:00 • 2 daq

75
“Izvestiya”: AQSH Markaziy Osiyodagi ishtirokini O‘zbekiston orqali kengaytirmoqchi

MOSKVA, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning nufuzli “Izvestiya” gazetasida “Yer osti kamyob ma’danlariga qiziqish: AQSH Markaziy Osiyodagi ishtirokini O‘zbekiston orqali kengaytirmoqchi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, Toshkent va Vashington o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi paytlarda sezilarli darajada faollashgan. Xususan, yaqinda AQSH savdo vakili Jeymison Grir Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda energetika, aviatsiya, moliya, IT, qishloq xo‘jaligi va, eng muhimi, kritik minerallarni qazib olish sohasidagi hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Vashington O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakatda Amerika kapitalining mustahkam ishtiroki tarafdori ekanini bayon qildi.

“AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada bo‘lib, O‘zbekiston Amerikaning Markaziy Osiyodagi asosiy sherigidir. Bu dunyoga ochiq va bozor mexanizmlariga izchil o‘tayotgan, dinamik rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. AQSH uchun iqtisodiy ochiqlik tamoyillariga amal qiluvchi bunday hamkorlar juda muhim”, — deya Jeymison Grirning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi gazetada.

Maqolada alohida urg‘ulanganidek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Vashington va Toshkent oxirgi bir yil davomida savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha jadal muzokaralar olib bordi hamda bozorlarga o‘zaro kirishni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar paketini muvofiqlashtirdi.

Gazetada Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert Rustam Burnashevning ham fikrlari keltirilgan. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda g‘arblik sheriklar Markaziy Osiyoning o‘ziga xos xususiyatlarini 1990-yillardagiga qaraganda ancha yaxshi tushunadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish