“Russia News”: O‘zbekistonning jahon sahnasidagi roli va tashqi siyosatdagi o‘rni tobora yuksalmoqda
Iyun 12, 2026. 19:30 • 2 daq
• 136
SANKT-PЕTЕRBURG, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburgning “Russia News” yetakchi nashrida jurnalist Yekaterina Nadolskayaning Rossiya–O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik tobora kengayib bormoqda, O‘zbekiston yaqinda bo‘lib o‘tgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida faol ishtirok etdi. Shu bilan birga, strategik sheriklik, ittifoqchilik, o‘zaro hurmat va ko‘p asrlik tarixiy-madaniy aloqalarga asoslangan O‘zbekiston–Rossiya munosabatlari jadal rivojlanmoqda.
Muallif O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etishi ikki tomonlama hamkorlikning yuksak darajasidan dalolat berishini ta’kidlagan.
Materialda O‘zbekiston barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, xalqaro hamkorlikka ochiqligi va konstruktiv muloqotga sodiqligini namoyon etib, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biri sifatidagi o‘z mavqeini izchil mustahkamlab borayotgani ma’lum qilingan.
Nashrda O‘zbekistonning xalqaro obro‘si yuksalib, faol tashqi siyosati va jahon sahnasidagi roli ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, muallif futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan tarixiy yutug‘iga e’tibor qaratgan.
Maqola so‘nggida zamonaviy O‘zbekistonning iqtisodiyot, madaniyat, sport va diplomatiya sohalaridagi yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga ishonch bilan namoyish etayotgani, ishonchli sherik va keng xalqaro hamkorlik uchun ochiq davlat sifatida maydonga chiqayotgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi