TXIF-2026: O‘zbekiston mintaqaviy investitsiya markazi sifatida mavqeini oshirmoqda

Iyun 12, 2026. 20:00 • 54 soniya

119
TXIF-2026: O‘zbekiston mintaqaviy investitsiya markazi sifatida mavqeini oshirmoqda

SЕUL, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi asosiy investitsiya markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Janubiy Koreyaning “Diplomacy Journal” nashriga tayanib.

Maqolada qayd etilishicha, forum davlat va kapital o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi mexanizmlari shakllantiriladigan, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadigan amaliy platforma sifatida rivojlanmoqda.

Hukumat tuzilmalari va xalqaro taraqqiyot banklaridan tortib eng yirik korporatsiyalar va suveren fondlargacha bo‘lgan ishtirokchilarning yuqori konsentratsiyasi tufayli TXIF alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, forum bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning global kapital bozorlariga integratsiyasini kuchaytiradigan barqaror investitsiya ekotizimiga aylanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish