“UN Journal”: O‘zbekistonda urbanizatsiya sohasida barqaror rivojlanishning yangi modeli shakllanmoqda

May 22, 2026. 17:55 • 2 daq

77
“UN Journal”: O‘zbekistonda urbanizatsiya sohasida barqaror rivojlanishning yangi modeli shakllanmoqda

SEUL, 22-may. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi “UN Journal” nashrida mamlakatimizning shaharsozlik va kompleks hududiy rivojlanish sohasidagi keng ko‘lamli islohotlari va zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan tahliliy maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari aholi sonining jadal o‘sishi va shahar infratuzilmasining faol rivojlanishi fonida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshgan, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetgan.

Maqolada O‘zbekiston tartibsiz qurilish amaliyotidan voz kechib, xalqaro standartlarga mos keladigan hududlarni kompleks va muvozanatli rivojlantirish modeliga o‘tayotganiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Maqolada qurilish sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ham to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, mamlakatda ruxsat berish tartib-taomillari soni 3 barobarga, ularni o‘tkazish muddatlari esa 4 barobarga qisqartirildi.

“UN Journal”ning yozishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan urbanizatsiya siyosati ekologik toza, texnologik va ijtimoiy qulay shaharlarni yaratishga qaratilgan barqaror rivojlanishning yangi modelini shakllantiradi. Bu mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash va aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish