Shvetsiya matbuoti: O‘zbekiston aksiyalari London fond birjasida muvaffaqiyatli joylashtirildi
May 22, 2026. 14:25 • 2 daq
• 101
STOKGOLM, 22-may. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning yetakchi “Diplomatic World Sweden” nashri O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi – UzNIF aksiyalarining London fond birjasida joylashtirilishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada taʼkidlanishicha, mazkur tashabbus O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va liberallashtirish siyosatining muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Maqolada xorijiy ishbilarmon doiralarning O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotgani, shuningdek, mamlakatning global moliyaviy-iqtisodiy tizimga integratsiyalashuv jarayonlari kengayayotgani qayd etilgan.
Ekspertlar fikricha, UzNIF aksiyalarining ommaviy joylashtirilishi muvaffaqiyatli o‘tgani kelgusida O‘zbekistonning davlat va xususiy kompaniyalari uchun xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Nashrda yozilishicha, “UzNIF”ning IPOsi aksiyalarning ilk bor xalqaro fond birjasida ommaviy savdoga chiqarilishi 2026-yilda London fond birjasidagi yirik IPOlardan biri bo‘ldi.
Xalqaro tahlilchilar bu jarayonni O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganining muhim belgisi sifatida baholamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




