O‘zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Skandinaviya tajribasi joriy etilmoqda
May 21, 2026. 19:55 • 54 soniya
• 84
STOKGOLM, 21-may. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning “CAWA Media” nashrida O‘zbekistonning bolalar xavfsizligini taʼminlash borasidagi islohotlariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Nashrning taʼkidlashicha, O‘zbekiston qonunchiligiga Skandinaviyaning “Barnahus” modeli tajribalari muvaffaqiyatli tatbiq etilgan.
Ushbu tizimga ko‘ra, voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish psixologlar ishtirokida, xavfsiz sharoitda va, qoida tariqasida, bir marotaba o‘tkaziladi. Bu esa bolalarning takroriy ruhiy jarohatlanish xavfini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.
“CAWAMedia”ning yozishicha, ushbu islohotlar O‘zbekistonning bolalar huquqlarini himoya qilish, inson qadr-qimmatini ulug‘lash va raqamli makonda yosh avlod xavfsizligini taʼminlash borasidagi xalqaro standartlarga sodiqligining amaliy ifodasidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Global Korea Post”: O‘zbekistonning TDT sammitidagi tashabbuslari amaliy ahamiyatga ega



