O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda

Sentabr 29, 2026. 11:30 • 2 daq

• 220
O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va ekologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda

QOHIRA, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Misrning nufuzli “Al-Xabar al-Yum” nashrida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, nashrda O‘zbekiston delegatsiyasining Misrdagi “Yangi Hindiv” hududida amalga oshirilayotgan “Misr kelajagi” loyihalari bilan tanishuvi haqida material e’lon qilingan.

Maqolada qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, suv ta’minoti va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari sohalaridagi tajriba almashinuvi ikki mamlakat uchun istiqbolli yo‘nalish ekani qayd etilgan. Tashrif doirasida infratuzilma, ishlab chiqarish jarayonlari va suv chiqarish tizimlari o‘rganilib, agrar soha va unga bog‘liq sanoat tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Nashrda chop etilgan yana bir maqolada Misr va O‘zbekiston o‘rtasida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasidagi hamkorlik haqida yoritilgan. Unda suv resurslarini boshqarish, sug‘orish va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish rejalari bayon etilgan.

“Al-Xabar al-Yum”da e’lon qilingan uchinchi maqolada O‘zbekistonda 1989-yildan keyin ilk bor o‘tkazilgan aholi ro‘yxatining dastlabki natijalari ekologik va demografik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

Materialda mamlakat aholisi 39 milliondan oshgani, 0–14 yoshlilar ulushi 30,4 foizni tashkil etishi, shahar aholisi salmog‘i 54,5 foizga yetgani qayd etilgan. Shu bilan birga, aholining tez o‘sishi infratuzilma, oziq-ovqat, suv, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga talabni oshirayotgani ta’kidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish