“The World News”: O‘zbekiston — shaxmat olimpiadasining ikki karra chempioni

Sentabr 28, 2026. 17:30 • 2 daq

• 166
“The World News”: O‘zbekiston — shaxmat olimpiadasining ikki karra chempioni

ISLOMOBOD, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning ommabop “The World News” nashri O‘zbekiston shaxmat terma jamoasining Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alabasi haqida yozmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi ochiq turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

“Musobaqaning hal qiluvchi, 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina jamoasi bilan bahs olib bordi. Nodirbek Yoqubboyev Igor Samunenkov bilan durang o‘ynadi, Muhiddin Madaminov esa Roman Dixtyaryov ustidan g‘alaba qozondi. Javohir Sindarov Vasiliy Ivanchuk bilan ochko bo‘lishdi, Nodirbek Abdusattorov va Igor Kovalenko o‘rtasidagi partiya ham durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, turnirni 20 ochko bilan yakunladi”, — deyiladi maqolada.

Pokiston OAV xabariga ko‘ra, Ukraina ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni unvonini olib keldi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 18 ochko to‘plagan Hindiston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Germaniya esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

“O‘zbekiston uchun bu 2022-yilda Chennayda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadagi g‘alabadan keyingi ikkinchi olimpiya oltin medali bo‘ldi. 2024-yilda Budapeshtda o‘tkazilgan Olimpiadada terma jamoamiz bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Shunday qilib, O‘zbekiston so‘nggi uchta shaxmat olimpiadasining ikkitasida chempion bo‘ldi, yana birida esa uchinchi o‘rinni egalladi”, — deya ta’kidlanadi maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish