Pokiston OAV: 28–29-sentyabr kunlari O‘zbekistonda V Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tadi
Sentabr 27, 2026. 17:00 • 2 daq
• 197
ISLOMOBOD,-27-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari 28–29-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumini keng yoritmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Xususan, Pokistonning markaziy «Associated Press of Pakistan» axborot agentligi, shuningdek, «Urdureport», «Network News Pakistan», «Infora News» va «Daily Affaq» nashrlari ingliz va urdu tillarida bo‘lajak V Samarqand inson huquqlari forumiga bag‘ishlangan axborot materiallarini e’lon qildi.
Nashrlarda forum inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdan iborat asosiy g‘oyasi ostida tashkil etilishi ta’kidlangan.
«Bo‘lajak forum BMTning 1966-yil 16-dekabrda qabul qilingan ikkita asosiy hujjati – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 60-yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40-yilligi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining 30-yilligiga bag‘ishlanadi», — deyiladi materiallarda.
Pokiston OAV yozganidek, Samarqand forumining muhim yubiley sanalar nishonlanayotgan yilda o‘tkazilishi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga sodiqligi hamda global muloqotni rivojlantirishga amaliy hissa qo‘shishga intilishini ifodalaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi