Toshkent xalqaro investitsiya forumining sarmoyalarni jalb etishdagi o‘rni Britaniya OAV nigohida
Iyun 07, 2026. 11:18 • 2 daq
• 93
LONDON, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 16–19-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyoning asosiy sarmoyaviy maydonlaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlamoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri “London Post” elektron nashriga tayanib.
Qayd etilishicha, forum davlatlar, xalqaro moliya institutlari, investorlar va jahon biznesi vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun muhim platformaga aylangan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi forumda 97 mamlakatdan 8 mingdan ortiq delegat ishtirok etishi hamdaimzolanadigan investitsiyaviy bitimlar hajmi 30,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
TXIF-2026 dasturidan davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis, panel muhokamalari, ishbilarmon doiralar bilan muzokaralar va mamlakatning sanoat va investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘rin olgan. Ishtirokchilar orasida xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek, suveren jamg‘armalar va yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ekspertlarning fikricha, mazkur forum xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi