O‘zbekiston–Malayziya: ilm-fan va madaniy almashinuv yo‘nalishida yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda

May 22, 2026. 13:55 • 2 daq

49

KUALA-LUMPUR, 22-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan yurtimiz yosh tadqiqotchilari uchun akademik-almashinuv dasturlarini tashkil etishga qaratilgan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sulton Idris nomidagi pedagogika universiteti (UPSI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unga ko‘ra, shu yil may oyida O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarining “yashil” iqtisodiyot, aqlli shaharlar, barqaror qishloq xo‘jaligi va ekologik taʼlim sohalariga ixtisoslashgan yosh olimlari “UPSI”da ilmiy-tadqiqot stajirovkasini muvaffaqiyatli yakunladi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Qayd etilishicha, stajirovka ilmiy aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish va ushbu yo‘nalishlardagi istiqbolli tadqiqot loyihalari bilan tanishish uchun samarali platformaga aylangan.

Dastur davomida ishtirokchilar yetakchi olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazib, Malayziya hukumati tasarrufidagi qator tadqiqot markazlarida bo‘ldi.

Ushbu tadbir Malayziyaning qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan, “Berita RTM” portali va “Suaramerdeka” nashrida keng yoritildi.

Malayziyada yosh o‘zbekistonlik olimlar ishtirokida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kuni dasturning akademik qismidan tashqari mamlakatning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati hamda o‘zbek xalqining mehmondo‘stlik anʼanalarini yana bir bor namoyon qildi. Tadbir Malayziyaning “Epena” media-nashrida keng yoritildi. Tashabbus doirasida milliy raqslar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ushbu dastur nafaqat akademik hamkorlikning rivojlanishiga hissa qo‘shdi, balki Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni, ilmiy sohadagi o‘zaro anglashuvni va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish