Janubiy Koreyaning yetakchi OAVda O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqqani qayd etilmoqda

Sentabr 13, 2026. 12:00 • 2 daq

86
Janubiy Koreyaning yetakchi OAVda O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqqani qayd etilmoqda

SEUL, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan Seulga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat rahbari tashrifi munosabati bilan Janubiy Koreyaning “Citizenadmnews”, “UN Journal”, “Diplomacy Journal” kabi yetakchi ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi.

Nashrlar yozilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik savdo va investitsiyalardan sanoat hamda texnologik kooperatsiyaning yanada chuqurroq bosqichiga o‘tmoqda.

OAVda gaz-kimyo, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va farmatsevtika sohalaridagi qo‘shma loyihalar, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish alohida taʼkidlangan.

Mis, volfram, litiy, molibden va boshqa o‘ta muhim minerallarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlik faollashgani haqida xabar berilmoqda.

OAVning qayd etishicha, Seulda bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati ishtirokidagi ilk sammit hamkorlikni kengaytirishga hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish