“Sada Elbalad English” AA: O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik sheriklikni kengaytirmoqda

Sentabr 12, 2026. 13:30 • 2 daq

106
“Sada Elbalad English” AA: O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik sheriklikni kengaytirmoqda

QOHIRA, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. Misrning “Sada Elbalad English” axborot agentligi O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning chuqurlashuviga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining iqtisodiyot, investitsiyalar, raqamlashtirish va davlat moliyasini boshqarish sohalaridagi jadal rivoji hamda “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik formatining ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Maqolada Janubiy Koreya tajribasidan foydalangan holda O‘zbekiston G‘aznachilik xizmati tizimini modernizatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi delegatsiyasining KFIS seminaridagi ishtiroki, “dBrain+”, “e-Naradoum” va “e-Hojo” tizimlarini o‘rganish jarayoni hamda O‘zaro anglashuv memorandumining imzolangani maʼlum qilingan.

Bundan tashqari, nashrda yarimo‘tkazgichlar sanoatidagi hamkorlik istiqbollari — “SK Group” va “SK Hynix” kompaniyalari bilan birgalikda “OSAT” va “IC Design” loyihalarini rivojlantirish, jumladan, texnologiyalar transferi va kadrlar tayyorlash masalalari keng yoritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish