Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston Prezidentini samimiy kutib oldi
Sentabr 13, 2026. 09:30 • 51 soniya
• 18
TOSHKENT, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida bo‘lajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Prezidentimiz ularga ish va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajriba kelgusida mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi