O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi

Sentabr 13, 2026. 08:40 • 2 daq

21
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi

TOSHKENT, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida bugun davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriya to‘plaridan salyut berildi.

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Uch kunlik tashrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumining ochilishida nutq so‘zlaydi.

16-sentabr kuni Prezidentimiz birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etadi.

Tashrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibidagi tadbirlar bilan bir vaqtda Janubiy Koreya poytaxti va boshqa shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish