O‘zbekiston va Hindiston Ibn Sino merosini o‘rganish borasida ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Noyabr 16, 2026. 09:30 • 2 daq

• 71

DEHLI, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Hindistonning Dehli, Gaziyabad va Aligarh shaharlarida “O‘zbekiston – Hindiston: Abu Ali ibn Sino – qo‘lyozmalar – fan – hayot. Ikki tomonlama ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi” birinchi ilmiy ekspeditsiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston elchixonasida “Abu Ali ibn Sino – tinchlik va bunyodkorlik elchisi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Unda ikki mamlakat yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari, mashhur olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Anjumanda Ibn Sinoning boy tibbiy merosi, ilmiy va falsafiy asarlari asrlar davomida Hindistonda an’anaviy Unani tibbiyotining asoslaridan biri bo‘lib xizmat qilib kelayotgani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, Ibn Sinoning farmatsevtika sohasidagi kashfiyotlarini zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish va dorivor o‘simliklarni standartlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ekspeditsiya doirasida o‘tkazilgan muhokamalar va davra suhbatlarida milliy ilmiy maktablar o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan qator muhim takliflar ilgari surildi.

Ekspeditsiya yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Ibn Sino jamg‘armasi hamda Hindistonning Ibn Sino nomidagi akademiyasi, Aligarh musulmon universiteti va boshqa ixtisoslashgan muassasalar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Mazkur tashabbus Ibn Sinoning qo‘lyozma merosini chuqur o‘rganish, tibbiyot va farmatsevtika sohasida qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim aloqalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish