Logo

Bishkek shahri shaybali xokkey bo‘yicha U20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Yanvar 11, 2026. 12:55 • 31 soniya

118
Bishkek shahri shaybali xokkey bo‘yicha U20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

BISHKEK, 11-yanvar. /“Dunyo” AA/. 18–24 yanvar kunlari Qirg‘iziston poytaxtida shaybali xokkey bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionati (IIHF Division III-B) bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, turnir o‘yinlari “Bishkek Arena” ko‘p funksiyali arenasida o‘tkaziladi. Musobaqada Qirg‘iziston, Meksika, Lyuksemburg, Janubiy Afrika, Eron va Gonkong (Xitoy) yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Hafta davomida jamoalar turnir g‘olibi va chempionat sovrindorlari aniqlanadigan bir qator o‘yinlarni o‘tkazadi.

Turnir Qirg‘iziston xokkey federatsiyasi tomonidan Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) va hamkorlar ko‘magida tashkil etilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish