O‘zbekistonlik yosh sumochilar Tokio turnirida ilk bor medallarga sazovor bo‘ldi
Fevral 10, 2026. 17:00 • 57 soniya
• 96TOKIO, 10-fevral. /“Dunyo” AA/. Tokio shaxridagi “Toyota Arena” sport saroyida sumo sporti bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida “Hakuho Cup 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turnirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 1300 ga yaqin yosh sportchi qatnashdi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, mazkur musobaqalar tarixida birinchi marta ayol sportchilar ham ishtirok etdi.
Xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini 9 kishidan iborat delegatsiya himoya qildi. Uning tarkibidan O‘zbekiston Sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov, federatsiya raisi o‘rinbosari Dilmurod Qurbonov, bosh murabbiy Husniddin Husanov, shuningdek, olti nafar yosh sportchi: Shohin Umaraliyev, Komolbek Yo‘ldoshev, Hojiakbar Turg‘unov, Muhriddin Xolboyev, Barkamol Abdulhakimov va Ziyodaxon Qurbonova o‘rin oldi.
Musobaqa davomida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z yosh toifalarida kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi. Xususan, yaqindagina sumo bilan shug‘ullanishni boshlagan iqtidorli yosh sportchimiz Husniddin Husanov Mo‘g‘uliston, Isroil, Estoniya va Yaponiya vakillari bilan kechgan murosasiz bellashuvlarda munosib ishtirok etib, nufuzli xalqaro turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu turnir yosh sportchilarning tajribasi va mahoratini oshirish uchun muhim maydonga aylandi, shuningdek, O‘zbekistonning jahon sportidagi nufuzini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


