27–29-mart kunlari Buxoroda uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi
Mart 25, 2026. 09:57 • 53 soniya
• 168
TOSHKENT, 25-mart. /“Dunyo” AA/. 27–29-mart kunlari Buxoro viloyatida uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur jamoaviy musobaqa Buxoro tumanidagi Milliy gvardiyaga qarashli “Chavandozlar maktabi”da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘z tarixida beshinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu turnirda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jamoalarning ishtirok etishi uning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bundan avvalgi musobaqalar 2022–2023-yillarda Surxondaryo, 2024-yilda Farg‘ona hamda 2025-yilda Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan.
Bu galgi turnirda ham milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ot sporti an’analarini rivojlantirish, uloq-ko‘pkari yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi